ENG YAXSHI JAVOBLAR
OCHIQ SAVOLLAR

Narxi va tayyorgarlik

EKO narxi klinikaga qarab 25–30 million so‘mni tashkil etadi. Bu narxga dori vositalari va laboratoriya tekshiruvlari kirmaydi.
Eng maqbul vaqt — har ikki juftlik to‘liq tekshiruvdan o‘tgach. Tuxumdonlarni stimulyatsiyasi hayzning 2–3 kunida boshlanadi. Protokol shifokor tomonidan individual tanlanadi.
Juftliklar gormonlar, infeksiyalar, UTT, spermogramma va boshqa tekshiruvlarni o‘z ichiga olgan kompleks tahlildan o‘tadi. Aniq ro‘yxat klinika tomonidan belgilanadi.
Muvaffaqiyat yosh, sog‘lik holati va boshqa omillarga bog‘liq. O‘rtacha muvaffaqiyat ehtimoli — 30–40%.
Ha, mumkin. Ammo yosh o‘tgan sayin muvaffaqiyat ehtimoli kamayadi.

Tibbiy jihatlar

Protsedura shifokor nazorati ostida, ko‘pincha og‘riqsizlantirish bilan o‘tkaziladi. Biroz noqulaylik bo‘lishi mumkin, ammo kuchli og‘riq sezilmaydi.
Gormonlar follikulalar o‘sishini va ovulyatsiyani rag‘batlantiradi. Bu sifatli tuxum hujayralar olish uchun muhim. Faqat shifokor nazoratida qo‘llaniladi.
Gormonal reaksiyalar, ko‘p homilalik, birinchi urinishda muvaffaqiyatsizlik mumkin. Barcha xavflar shifokor bilan muhokama qilinadi.
Jinsni tanlash faqat tibbiy ko‘rsatmalar asosida — masalan, jinsga bog‘liq irsiy kasallik xavfi bo‘lsa — amalga oshiriladi.
Yo‘q, ular jismoniy yoki psixologik jihatdan farq qilmaydi.

Protsedura va tiklanish

Tayyorgarlik 2–4 hafta davom etadi. Urug‘lantirish va embrion ko‘chirilishidan boshlab — 3 hafta–3 oy.
Yo‘q, EKO odatda ambulator tarzda amalga oshiriladi. Statsionar kuzatuv faqat maxsus holatlarda kerak bo‘ladi.
Odatda 1–2 embrion ko‘chiriladi. Bu ko‘p homilalik xavfini kamaytiradi. Yakuniy qaror shifokor tomonidan qabul qilinadi.
Urinishlar soni cheklanmagan, lekin ayolning holati va shifokor tavsiyalari muhim hisoblanadi.
Odatda ayol ertasiga odatdagi hayotga qaytishi mumkin, faqat jismoniy yuklamalardan qochish kerak. To‘liq dam — 2–3 kun tavsiya etiladi.

Maxsus holatlar va maslahatlar

Ha, kriokonservatsiya keng tarqalgan. Keyingi urinishlarda ular stimulyatsiyasiz ishlatiladi.
IKSI usuli mavjud — hatto bitta spermatozoid yordamida ham urug‘lantirish mumkin.
Afsuski, yo‘q. EKO imkoniyatlarni oshiradi, ammo kafolat bermaydi.
Shifokor tavsiyalariga rioya qilish, zararli odatlarni tashlash, uyqu va ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish, stressni kamaytirish kerak.
Qattiq dieta talab qilinmaydi. Biroq vitamin, oqsil va minerallarga boy muvozanatli ovqatlanish tavsiya etiladi.
Kuchli mashg‘ulotlardan saqlanish kerak. Engil faollik mumkin, agar shifokor qarshi bo‘lmasa.
Yo‘q. EKO ba'zan jinsiy kasalliklar, yosh omillari yoki yolg‘iz ona bo‘lish rejasi tufayli tanlanadi.
Shifokor tavsiyalariga amal qilish, stress va jismoniy yuklamalardan qochish lozim. Homiladorlik tasdiqlanmaguncha davo davom etadi.
Umidsizlikka tushmang — bu tez-tez uchraydi. Shifokor protokolni o‘zgartiradi, qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazadi va yangi urinishni taklif qiladi.
Biz bilan bog‘laning!
Yozib olish uchun telefon raqamlari:
+998 78 129 22 21
+998 94 387 22 21

Avtomatik yozilish uchun Telegram bot:
https://t.me/dr_steinke_clinic_bot

Manzilimiz:
Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sumbul ko‘chasi, 64-uy.
MARKAZ ALOQALARI
+998 94 387 22 21
+998 78 129 22 21
info@steinkeivf.uz
© 2025 Dr. Steinke Clinic
BOSHQA
Made on
Tilda